icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi prezidentini qabul qildi

19.12.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-dekabr kuni mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) prezidenti Serdar Chamni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, joriy yilning 25-26-oktabr kunlari Turkiyaga amalga oshirilgan davlat tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni strategik hamkorlik darajasiga olib chiqqanini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Bugungi kunda turkiyalik hamkorlar bilan birgalikda savdo, sanoat, investitsiya, transport, turizm, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarda istiqbolli dastur va loyihalar amalga oshirilayotgani ijobiy baholandi.

Bo‘lib o‘tgan muloqot davomida Agentlikning mamlakatimizdagi faoliyatini yanada kengaytirish va yangi bosqichga olib chiqish muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

O‘zbekistonda Agentlik tomonidan shu kungacha 23,6 million dollar miqdoridagi 700 ga yaqin grant loyihalari amalga oshirilgan.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab olish, bu borada Agentlikning O‘zbekistondagi faoliyatini aniq loyihalar asosida va tizimli ravishda rivojlantirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Bu borada “Yo‘l xaritasi”ni qisqa muddatda ishlab chiqib, uni amalga oshirishga kirishish muhimligi, shu munosabat bilan, iqtisodiy, madaniy, ta’lim, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, turizm va ijtimoiy ahamiyatga molik boshqa qator sohalarda amalga oshirilayotgan loyiha va dasturlar hajmini bir necha barobar ko‘paytirish bo‘yicha kelishib olindi.

Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an hamda ushbu mamlakat Bosh vaziri Binali Yildirimning ezgu tilaklarini yetkazdi.

Serdar Cham davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini, bu yo‘lda bor kuch-g‘ayratini safarbar etgan holda, ularni hayotga o‘z vaqtida va samarali tatbiq etishga turk tomonining tayyor ekanini bildirdi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo