AQSh Prezidentiga hamdardlik
19.12.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vashington shtatida yuz bergan temir yo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan AQSh Prezidenti Donald Trampga ta’ziya izhor etdi.
Shavkat Mirziyoyev qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarga sihat-salomatlik tiladi.