icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezidentlar sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar

14.12.2017

Shavkat Mirziyoyev va Sooronbаy Jeenbekov «O‘zekspomarkaz»da tashkil etilgan O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

Ko‘rgazmada mamlakatimiz so‘nggi yillarda iqtisodiyot sohasida erishgan yutuqlar, sanoatning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar mahsulotlari, ilmiy-ishlab chiqarish markazlarining innovatsion loyiha va ishlanmalari namoyish etilmoqda.

Prezidentlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manffatli hamkorlikni yanada rivojlantirishda bunday ko‘rgazmalar muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar.

Davlat rahbarlariga ma’lum qilinganidek, ko‘rgazma doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida savdo va kooperatsiya sohasida umumiy qiymati 140 million AQSh dollari atrofida bo‘lgan bitim va tijoriy shartnomalar imzolandi.

Shu bilan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbаy Jeenbekovning mamlakatimizga rasmiy tashrifi yakuniga yetdi.

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo