icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Toshkent issiqlik elektr stansiyasining yangi bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirildi

02.12.2017

Prezidentimiz Shavkat Mirziyovning Toshkent issiqlik elektr stansiyasiga tashrifi chog‘ida stansiyaning yangi bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirildi. 

Davlatimiz rahbari korxonada 370 MVtli yangi bug‘-gaz qurilmasining ramziy start tugmasini bosdi. 

Korxonaning ilk energobloki 1963-yilda foydalanishga topshirilgan. 1971-yilga kelib ularning soni 12 taga yetgan. Stansiyaning umumiy belgilangan quvvati 1860 megavattni tashkil etadi. 

Yangi bug‘-gaz qurilmasining foydalanishga topshirilishi bilan qo‘shimcha ravishda yiliga 2,6 milliard kilovatt soat elektr, shuningdek, 110 ming gegakaloriya issiqlik energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi. 

Zamonaviy qurilma 1 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun sarf qiladigan shartli yoqilg‘ining miqdori 223 g/kilovatt soatni tashkil qilsa, amaldagi energiya bloklarda bu ko‘rsatkich salkam ikki baravar ko‘p. Buning natijasida yiliga 350,9 million kubometr tabiiy gaz tejaladi. 

Ushbu noyob loyihani amalga oshirish uchun mamlakatimizda birinchi bor AQSHning “Jeneral elektrik” kompaniyasining bug‘-gaz turbina va generatorlari o‘rnatildi. Bundan tashqari, Belgiya, Italiya, Rossiya kabi davlatlardan zamonaviy uskunalar keltirildi. 

Loyihani ro‘yobga chiqarishda mahalliy korxonalar mahsulotlaridan ham keng foydalanildi. “O‘zkabel”, “O‘zelektroapparat”, “Chirchiq transformator zavodi” kabi korxonalar shular jumlasidan. Bu esa katta miqdorda valyutani tejash va jalb etilgan investitsiyalardan maqsadli foydalanishga zamin yaratdi. 

Ushbu zamonaviy bug‘-gaz qurilmasini ishlatish va boshqarish jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgan. 

Bug‘-gaz qurilmasining ishga tushirilishi bilan ko‘plab yosh mutaxassislar bandligi ta’minlandi. Ular xorijda va Navoiy issiqlik elektr stansiyasida malaka oshirgan. 

Prezidentimiz tejamkor texnologiyalardan foydalanish zamon talabi ekani, bu kabi zamonaviy loyihalarni ko‘proq joriy etish zarurligini qayd etdi. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo