icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Shavkat Mirziyoyev yana bir istiqbolli loyiha bilan tanishdi

02.12.2017

Prezidentimiz g‘oyasi asosida O‘zbekiston avtotransport sohasidagi yana bir yangi tashabbus. Toshkentda fuqarolik aviatsiyasining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan ishbilarmonlik aviatsiyasini tashkil etish loyihasi. Bu Markaziy Osiyo mintaqasidagi birinchi va yagona bo‘lgan tizimdir. Mamlakatimiz rahbari ana shu loyiha doirasida amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Loyiha taqdimotida aytib o‘tilganidek, ishbilarmonlik aviatsiyasi yakka tartibdagi hamda korporativ parvozlar, shuningdek, ular bilan bog‘liq xizmatlarini ko‘rsatish, aviatsiya texnikasiga yordam berish, ularni ekspluatatsiya qilish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

“Har bir mamlakat iqtisodiyoti rivojida transport-kommunikatsiya tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Ishbilarmonlik aviatsiyasi bu yangi imkoniyatlar, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlardir”, - dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev. Yangi loyiha xorijlik investorlar qatori o‘zbekistonlik ishbilarmon doira vakillariga ham mahsulotlarini tashqi bozorlarga yetkazib berish, o‘zaro biznes-sheriklar topishda katta o‘rniga ega bo‘ladi.

Taqdimot jarayonida mamlakatimiz rahbari xorijlik delegatsiyalarga yuksak darajada xizmat ko‘rsatuvchi yangi havo portiga mos ravishda bu yerda ko‘plab infratuzilma ob’ektlari, mehmonxona, biznes markazlarini bunyod etish borasida mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

 

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo