icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev: Toshkent shahrining har bir tumanida 10 tadan zamonaviy suzish havzasi qurish kerak

17.11.2017

Davlatimiz rahbari Sergeli tumani 6-A massividagi suzish havzasini ham borib ko‘rdi. 

Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, bolalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularning barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishini ta’minlash, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Suzish havzasining uzunligi 25 metr, eni 11 metr. Kuniga 150-200 kishini qabul qiladi. 3 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga barpo etilgan inshootda yoshlarning suzish texnikasini o‘rganishi va mahoratini oshirishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Tibbiyot xodimlari va murabbiylar uchun xonalar mavjud. Suvni tozalash, isitish tizimlari, xona haroratining mo‘tadilligini saqlash uskunalari suv havzasining ko‘p yillar davomida yosh avlodga xizmat qilishini ta’minlaydi. 

Yurtimiz iqlim sharoitiga, yoz va qish fasliga moslab Toshkent shahrining har bir tumanida 10 tadan zamonaviy suzish havzasi qurish kerak, ularni barpo etishda sifatli qurilish materiallaridan foydalanish lozim, dedi davlatimiz rahbari. 

Prezidentimiz sportning ushbu turi bilan shug‘ullanishga bolalarni yanada kengroq jalb qilish, suzish texnikasini o‘rgatadigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

 

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo