icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Sankt-Peterburg gubernatorini qabul qildi

08.11.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-noyabr kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Sankt-Peterburg shahri gubernatori Georgiy Poltavchenkoni qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, joriy yilda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi samarali uchrashuvlar va ularning yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar, jumladan, aprel oyida imzolangan ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim O‘zbekiston Respublikasi hududlari va Rossiya Federatsiyasi subyektlarining amaliy hamkorligini, avvalo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni faollashtirishga xizmat qilganini mamnuniyat bilan qayd etdi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston va Sankt-Peterburg shahri o‘rtasidagi an’anaviy yaqin va o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. 

Bugungi kunda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 200 million dollarni tashkil qilmoqda. Sankt-Peterburg shahrida 1 millionga yaqin yurtdoshimiz mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda. Shaharning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida 3 mingdan ziyod yoshlarimiz ta’lim olmoqda. 

O‘zaro savdo hajmini oshirish va yetakchi korxonalar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirish uchun mavjud salohiyatdan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi. 

Sog‘liqni saqlash, ta’lim va turizm sohalarida qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. 

Sankt-Peterburg shahri gubernatori Georgiy Poltavchenko Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. O‘zbekiston bilan ustuvor yo‘nalishlarda keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

 

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo