icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Jizzaxda Sharof Rashidov haykali ochildi

06.11.2017

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 27-martdagi «Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarorida Jizzax shahrida uning xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasini barpo etish va haykalini o‘rnatish belgilangan edi. Qisqa vaqtda shahar markazida mazkur majmua va haykal bunyod etildi. 

Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi doirasida ushbu haykalning ochilish marosimi bo‘ldi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, hukumat a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, adabiyot va san’at namoyandalari, viloyat ahli, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan yurtdoshlarimiz, chet ellik mehmonlar ishtirok etdi. Sharof Rashidovning farzandlari, do‘stlari, hamkasblari, shogirdlari va boshqa yaqinlari qatnashdi. 

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi. 

Davlatimiz rahbari Sharof Rashidovning xalqimiz manfaatlari yo‘lidagi ulkan xizmatlari haqida so‘zladi. 

Sharof Rashidov oddiy xalq orasidan chiqqani, noyob aql-zakovati, mehnatsevarligi va kamtarligi bilan katta obro‘-e’tibor qozongani, xalqimizga sadoqat bilan halol xizmat qilganini ta’kidladi. 

Sharof Rashidov umr bo‘yi o‘z xalqiga, barcha sof niyatli insonlarga yaxshilik qilib, ularni ulug‘ maqsadlar yo‘lida birlashtirib, ezgu ishlarga safarbar etib yashadi, deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. Bu olijanob, donishmand va bag‘rikeng inson, qanday suronli sinovlarga duch kelgan bo‘lmasin, yuksak gumanistik g‘oyalarga doimo sodiq bo‘lib, xalqimiz qalbida yaxshi nom, so‘nmas xotira qoldirdi. 

Sharof Rashidov respublika rahbari sifatida zimmasidagi ulkan vazifalarga qaramasdan, o‘zi butun borlig‘i bilan sevgan adabiyotga hamisha sodiq qoldi. U o‘zining betakror iste’dodi bilan ezgu qadriyatlarni tarannum etgan roman va qissalar, she’r va dostonlar, publitsistik maqolalar yaratdi, dedi Prezidentimiz. 

Tadbirda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Oqil Salimov, mehnat faxriysi Ismoil Jo‘rabekov, uchuvchi-kosmonavt Vladimir Jonibekov, mehnat faxriysi Qallibek Kamalov, Sharof Rashidovning qizi, akademik Sayyora Rashidova va boshqalar Sharof Rashidov bilan bog‘liq xotiralari, u kishining hayoti va faoliyati haqida so‘zladi. 

Sharof Rashidov haykalini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Sharof Rashidovning qizi Sayyora Rashidova ochdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. 

Sharof Rashidov haykali poyiga gullar qo‘yildi. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo