icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining o‘rinbosarini qabul qildi

27.10.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning topshirig‘iga binoan mamlakatimizga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining o‘rinbosari Dmitriy Rogozinni qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, oliy va yuksak darajadagi muntazam va samarali muloqotlar O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari mustahkamlanishiga, shuningdek, ularni aniq amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil aprel oyida Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi, shuningdek, ikki davlat rahbarlarining 10-oktabr kuni Sochi shahrida MDH sammiti doirasida o‘tgan uchrashuvlari mamlakatlarimiz o‘rtasida uzoq istiqbolga mo‘ljallangan va o‘zaro manfaatli hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘targani alohida ta’kidlandi. 

Bugungi kunda savdo hajmi barqaror sur’atlarda o‘sib bormoqda, Rossiyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan hamkorlikda O‘zbekiston iqtisodiyotining neft-gaz majmuasi, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik, oziq-ovqat, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarida yirik sarmoyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. 

Mintaqalar o‘rtasida va biznes sohasida o‘zaro hamkorlik yanada faollashdi. Samarali madaniy-gumanitar almashuv kengayib bormoqda. 

Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamda harbiy-texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuv va bitimlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 

Mamlakatlarimiz yetakchi korxona va kompaniyalari o‘rtasida istiqbolli qo‘shma dastur va innovatsiya loyihalarini jadal rivojlantirishga qaratilgan sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash muhimligi qayd etildi. 

Dmitriy Rogozin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Hukumat raisi Dmitriy Medvedevning samimiy va ezgu tilaklarini yetkazdi. 

Rossiya Hukumati raisi o‘rinbosari Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhidagi keng ko‘lamli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor va bundan manfaatdor ekanini ta’kidladi. 
 

 

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo