Shavkat Mirziyoyev Istanbul shahridagi Topkapi saroyida bo‘ldi
26.10.2017
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Istanbul shahriga tashrifi chog‘ida Topkapi saroyini borib ko‘rdi.
XV asrda qurilgan mazkur tarixiy majmua ko‘p asrlar davomida Usmonlilar sulolasining saroyi bo‘lgan. 1923-yil muzeyga aylantirilgan. Bugungi kunda majmuada 65 mingdan ziyod eksponat saqlanadi.
Davlatimiz rahbari saroy tarixi va muzeydagi qadimiy eksponatlar bilan tanishdi.