Davlat tashrifining asosiy tadbirlari boshlandi
25.10.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Turkiya Respublikasi Prezidenti saroyida rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdo‘g‘on shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Turkiyaning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.
Davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.