icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

19.10.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni Qirg‘iziston tashabbusiga ko‘ra Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari muloqot avvalida Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyev hamda qardosh qirg‘iz xalqini joriy yil 15-oktabr kuni prezidentlik saylovining muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy muborakbod etdi.

Umumxalq saylovi natijalari Qirg‘izistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga mamlakat aholisi yuksak ishonch bildirishi va uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashidan dalolat ekani alohida qayd etildi.

Ikki davlat rahbarlari yaqinda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi o‘zaro tashriflar chog‘ida erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni amalga oshirish borasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini an’anaviy do‘stlik va amaliy ruhda atroflicha muhokama qildi.

O‘zbekiston – Qirg‘iziston davlat chegaralarining qolgan uchastkalariga oid tegishli shartnomani huquqiy jihatdan rasmiylashtirish va imzolash jarayonini tezroq yakunlash, shuningdek, chegara o‘tkazish punktlarining samarali faoliyatini ta’minlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Transport-kommunikatsiya tizimidagi o‘zaro aloqalar, xususan, shu oyning oxiriga rejalashtirilgan «Toshkent – Andijon – O‘sh – Irkeshtom – Qoshg‘ar» yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikda avtomobil qatnovini sinovdan o‘tkazish muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyev Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga prezidentlik saylovi munosabati bilan samimiy tabrik uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Qirg‘iziston mamlakatlarimiz o‘rtasida keng ko‘lamli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni bundan buyon ham rivojlantirishga, do‘stlik va strategik sheriklik aloqalarini mustahkamlashga tayyor ekanini ta’kidladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo