icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezidentimizga «Xavfsiz turizm» loyihasi taqdim etildi

14.10.2017

Turizm mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim yo‘nalishlardan hisoblanadi. Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida sayyohlik sohasida istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2016-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim omil bo‘lmoqda. 

Prezidentimiz joriy yilning yanvar oyida Xorazm viloyatiga tashrifi davomida viloyatning turizm borasidagi imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, yangi yo‘nalishlar tashkil etish va ularni jahon bozorlarida targ‘ib qilish, mehmonxonalar va transport infratuzilmasini rivojlantirish zarurligini alohida ta’kidlagan edi. 

Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan suhbatda tarmoqda xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali xorijlik sayyohlarni ko‘proq jalb qilish, xizmat ko‘rsatish sifatini yuksaltirish, soha uchun yetuk mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, suvenir ishlab chiqaradigan korxonalarni ko‘paytirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar bergan edi. 

Shavkat Mirziyoyevga ushbu topshiriqlarning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlar berildi viloyatga xorijlik va mahalliy sayyohlarni jalb qilish, hududning turizm salohiyatini yanada rivojlantirish loyihalari taqdim qilindi. 

Yangi sayyohlik yo‘nalishlarini ochish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, 2018-yilda kelishi kutilayotgan sayyohlar oqimi haqida ma’lumotlar berildi. 

Turizm rivojlangan mamlakatlarda «xavfsiz turizm» atamasi qo‘llanilmoqda. «Xavfsiz turizm» loyihasi yurtimizga kelgan sayyohlar va mehmonlarning xavfsizligini taminlash, ular uchun zamonaviy sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini ko‘zda tutadi. 

Prezidentimiz viloyatda «Xavfsiz turizm» konsepsiyasini amalga oshirish loyihasi bilan ham tanishdi. Unda turizm infratuzilma ob’ektlarini videokuzatuv moslamalari bilan jihozlash, turizm sohasida xizmat ko‘rsatuvchi va sayyohatchilarning xavfsizligini ta’minlovchi davlat va nodavlat ob’ektlarini yagona axborot-kommunikatsiya tizimiga ulash, viloyat hududiga tashrif buyuruvchi sayyohlar bo‘yicha ma’lumotlar ba’zasini shakllantirish kabi chora-tadbirlar o‘rin olgan.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo