icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev Xiva shahriga tashrif buyurdi

14.10.2017

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Xiva shahridagi Nurillaboy saroy majmuasini ko‘zdan kechirdi. 

Xorazm viloyati tarixiy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylarga boy. Ular asrab avaylanayotgani, sayyohlar uchun zarur sharoitlar yaratilayotgani natijasida viloyatda turizm izchil rivojlanib borayotir. 

Ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur saroy hududi shu yerda yashab o‘tgan Nurillaboy ismli savdogarga tegishli bo‘lgan. Majmua xorijlik mehmonlarni qabul qiladigan qarorgoh vazifasini o‘tagan. 

Davlatimiz rahbari joriy yil yanvar oyida viloyatga qilgan tashrifi chog‘ida mutasaddilariga mazkur majmuani zamon talablari darajasida rekonstruksiya qilish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Prezidentimiz tavsiyasiga ko‘ra ishlab chiqilgan loyihaga binoan bu yerda restoran, qabullar uyi, galereya, amfiteatr, hunarmandlar ko‘rgazmasi tashkil qilingan. 

Shuningdek, ko‘rgazmalarda Xorazmning XIX-XX asrlardagi tarixiy fotosuratlari, birinchi o‘zbek kinooperatori va fotosuratchisi Xudoybergan Devonov olgan suratlar va kinoasarlar namoyish etilmoqda. «Xorazm an’anaviy hunarmandchiligi: tarix va zamonaviylik», «O‘zbekiston zavonaviy san’ati: ohanglar, timsollar, talqinlar» mavzuidagi ko‘rgazmalar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. 

Prezidentimiz Xiva shahri me’morchilik obidalari, jumladan, mazkur majmuaning boy tarixi haqida sayyohlar va xorijlik mehmonlarga zamonaviy uslublarga tayangan holda so‘zlab berish, bu bilan ularning mamlakatimiz haqidagi tasavvurlarini yanada boyitish zarurligini ta’kidladi. 

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo