icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Xorazmga keldi

14.10.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji bilan tanishish, istiqboldagi vazifalarni belgilash maqsadida 14-oktabr kuni Xorazm viloyatiga keldi. 

Xorazm yirik sanoat korxonalari, transport va kommunikatsiya tizimlari, kichik biznes salohiyati bilan mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. “GM Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyatining Xorazm filiali, “UzXMG” ekskavator zavodi, “O‘zteks Shovot”, “Xorazm maishiy texnika” korxonalari, “Xorazm shakar” qo‘shma korxonasida ichki va tashqi bozorda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Murakkab iqlim sharoitiga qaramay viloyat dehqonlari qishloq xo‘jaligida mo‘l hosil yetishtirmoqda. 

Davlatimiz rahbari 2017-yil 27-28-yanvar kunlari Xorazmga tashrifi chog‘ida viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, sanoat va qishloq xo‘jaligini tarkibiy o‘zgartirish, ijtimoiy ob’ektlar barpo etish va infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha qator vazifalarni belgilab bergan edi. 

Shunga muvofiq, o‘tgan davrda hududda ko‘plab yangi korxonalar, kichik biznes sub’ektlari, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. Turizm, to‘qimachilik, baliqchilik, parrandachilik, irrigatsiya va boshqa sohalarda istiqbolli loyihalar amalga oshirildi. Uy-joylar, shifoxonalar, maktab va san’at dargohlari qurildi. Yana qator loyihalar bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. 

Prezidentimizning Xorazm viloyatiga safari davomida avvalgi tashrifda belgilangan rejalar qanday amalga oshirilayotgani bilan tanishishi, hudud taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha istiqboldagi dolzarb vazifalar belgilanishi rejalashtirilgan. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo