icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Vladimir Putin bilan uchrashdi

11.10.2017

Sochi shahrida o‘tayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Shavkat Mirziyoyev ushbu uchrashuvdan mamnunligini bildirib, O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari aniq amaliy mazmun bilan boyiganini alohida ta’kidladi. 

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni Sochiga tashrifi bilan qutlab, Prezidentimizning joriy yil aprel oyida Rossiyaga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani va bu o‘z samaralarini berayotganini qayd etdi. 

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik 2004-yil 16-iyunda imzolangan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma, 2005-yil 14-noyabrda imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma asosida izchil rivojlanib bormoqda. Mamlakatlarimiz BMT, ShHT, MDH kabi xalqaro tuzilmalar doirasida ham samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga davlat tashrifidan so‘ng o‘tgan qisqa davrda o‘zaro aloqalar sezilarli faollashdi. Hamkorlik doirasiga yangi sohalar qo‘shildi. Keyingi oylarda hukumatlararo va hududlararo darajada bir qancha tashriflar amalga oshirildi. 

Rossiya O‘zbekistonning muhim savdo-iqtisodiy sheriklaridan. Mamlakatimizda Rossiyaning yetakchi kompaniya va banklari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Eksport va importning barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘sish kuzatilmoqda. Yil boshidan buyon o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 3 milliard dollardan oshgan. 

Yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Rossiya biznes-forumida ikki mamlakat ishbilarmonlari ko‘plab istiqbolli kelishuvlarga erishdi. 

Sanoat tarmoqlari o‘rtasida kooperatsiya kuchayayotgani, biznes vakillari hamkorligi kengayayotgani, xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar ham mustahkamlanib borayotgani ta’kidlandi. 

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

 

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo