icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
BMT binosida Registon maydonining maketi o‘rnatildi

20.09.2017

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasining tuhfasi – Registon maydonining maketi topshirildi. 

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi. 

Tadbirda BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Jen Bigl, Bosh Assambleya sessiyasiga kelgan diplomatlar, BMT axborot markazi xodimlari qatnashdi. 

Insoniyat sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lgan mamlakatimizda ilm-fan, madaniyat, savdo, me’morlik, hunarmandlik azaldan rivojlangan. Buyuk ipak yo‘lining markazida joylashgan Samarqandda turli o‘lkalardan kelgan insonlar ahil-inoq yashagan. Registon esa ana shunday qadimiy va umumbashariy shaharning betakror ramziga aylangan. Majmua 2001-yilda YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 

Registon bugungi kunda ham dunyo sayyohlarini o‘ziga tortmoqda. Bu yerda o‘tkaziladigan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali uning dovrug‘i va xalqlar do‘stligidagi ahamiyatini yanada oshirmoqda.

Registon maydonining maketi yurtimizning qo‘li gul usta hunarmandlari tomonidan yasalgan bo‘lib, qimmatbaho metall va go‘zal milliy naqshlar bilan bezatilgan. 

O‘zbekistonning tashrif qog‘ozi bo‘lmish ushbu eksponatning BMT shtab-kvartirasining eng gavjum joylaridan biriga, BMT Xavfsizlik kengashi va Bosh Assambleya zallari o‘rtasidagi foyyega o‘rnatilganida o‘ziga xos chuqur ramziy ma’no bor, dedi davlatimiz rahbari. 

BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Jen Bigl shunday go‘zal va teran mazmunga ega tuhfa uchun Prezidentimizga chuqur minnatdorlik bildirdi. 

Marosim BMT kanallari orqali efirga uzatildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo