icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Qozog‘iston Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

17.09.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev 16-17-sentabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ldi. 

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bugun Turkmanistonga jo‘nab ketdi. Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi. 

Avval xabar qilinganidek, tashrifning asosiy tadbirlari 16-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. 

Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Prezidentlar poytaxtimizdagi Shayx Xovandi Tohur va To‘labiy maqbaralarini ziyorat qildilar. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydilar. «O‘zekspomarkaz»da tashkil etilgan Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar. 

Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq xo‘jaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha turli sohalariga doir 10 dan ziyod hujjat imzolandi. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo