icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Nursulton Nazarboyev Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi

16.09.2017

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. 

Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi. 

Nursulton Nazarboyev Mustaqillik maydonining me’moriy yechimi, chuqur mazmun-mohiyatiga yuqori baho berdi. 

Prezidentlar poytaxtimizdagi Shayx Xovandi Tohur va To‘labiy (Qaldirg‘ochbiy) maqbaralarini ziyorat qildi. 

To‘labiy (Qaldirg‘ochbiy) maqbarasi Shayx Xovandi Tohur majmuasidagi ko‘hna qabristonning shimolida joylashgan. Maqbara pishiq g‘ishtdan, chortoq tarhli, qo‘sh qavat gumbazli qilib qurilgan. Manbaalarda qayd etilishicha, bu yerga To‘labiy Alibiy o‘g‘li dafn etilgan. Mustaqillik yillarida ushbu maqbara qayta ta’mirlanib, muqaddas qadamjolardan biriga aylantirilgan. 

O‘tganlar haqiga Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qildi. 

Ziyorat yakunida Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muloqot qilib, mamlakatlarimiz hamkorligida yangi bosqich boshlanganini ta’kidladilar. 

Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ko‘p yillar faoliyat olib borgan Oqsaroy qarorgohiga tashrif buyurdi. 

Nursulton Nazarboyev buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.  

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo