Shavkat Mirziyoyev Hasan Ruhoniy bilan uchrashdi
10.09.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida o‘tayotgan Islom hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashdi.
Muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning mustahkamlanishi o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.