Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
09.09.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 9-sentabr kuni Ostona shahriga jo‘nab ketdi.
Avval xabar qilinganidek, davlatimiz rahbari Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida ishtirok etadi.
Prezidentimiz tashrif doirasida Ostona shahrida "EXPO – 2017" xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmasining rasmiy yopilish marosimida ishtirok etishi hamda xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.