icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Samimiy qutlov

05.12.2016

O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putindan tabrik maktubi keldi. Unda shunday deyiladi:

O‘zbekiston Respublikasining 

saylangan Prezidenti 

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
 


Muhtaram Shavkat Miromonovich! 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. 

Saylovdagi ishonchli g‘alabangiz Sizning vatandoshlaringiz orasida obro‘-e’tiboringiz balandligidan, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb vazifalarini hal etishdagi xizmatlaringiz yuksak e’tirof etilganidan dalolatdir. 

Rossiyada Sizni davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishning doimiy tarafdori, deb biladilar. Ishonchim komilki, biz birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikni bundan buyon ham mustahkamlab, mintaqaviy va xalqaro masalalarda konstruktiv hamkorlikni yanada kengaytiramiz. Bu mamlakatlarimiz xalqlarining tub manfaatlariga mos keladi, Markaziy Osiyoda va butun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi makonida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash imkonini beradi. 

Muhtaram Shavkat Miromonovich, Sizga chin qalbimdan mustahkam sog‘lik, farovonlik va davlat rahbari sifatidagi g‘oyat mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman. 

Fursatdan foydalanib, Sizni o‘zingiz uchun qulay vaqtda Rossiyaga tashrif buyurishingizni taklif qilaman. 


Ehtirom bilan, 
 

Vladimir Putin,
 
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti
logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo