icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti XXR Raisiga hamdardlik bildirdi

01.02.2020

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi

Si Szinpin

Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari,

Xitoyda yangi turdagi koronavirus sababli kelib chiqqan kasallik tarqalishining fojiali oqibatlari to‘g‘risidagi tashvishli xabarlar O‘zbekiston Respublikasida alohida xavotir va qayg‘u bilan qabul qilinmoqda.

O‘zbekiston xalqi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan do‘st Xitoy Xalq Respublikasi xalqiga chuqur hamdardlik bildiraman, barcha jabrlanganlarning tez fursatda shifo topishini tilayman.

Ushbu og‘ir damlarda O‘zbekiston xalqi sizga yelkadosh bo‘lib, xitoylik do‘stlarga chin dildan qayg‘udosh ekanini alohida ta’kidlashni istardim. 

Sizning rahbarligingiz ostida ushbu xavfli pandemiyaga qarshi kurashish borasida ko‘rilayotgan mardona sa’y-harakatlar va samarali chora-tadbirlarni yuksak qadrlaymiz va to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Ushbu umumiy xatarni bartaraf etish maqsadida zarur ko‘mak ko‘rsatishga intilamiz.

O‘zbekiston hukumati ushbu kasallik tarqalishiga birgalikda qarshi kurashish choralarini Xitoy bilan yaqindan muvofiqlashtirishga tayyor.

Yana bir bor chuqur hamdardlik izhor etib, Sizning qat’iy harakatlaringiz tufayli buyuk xitoy xalqi ushbu qiyinchiliklarni tez fursatda munosib yengib o‘tishiga ishonch bildiraman.

Chuqur hurmat ila,

Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo