Ma'ruzalar
15.01.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi
07.12.2016

Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi

O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi

16.01.2016

16_01_2016_s.jpg

Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurish

05.12.2015

Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi

Aziz vatandoshlar!

Xonimlar va janoblar!

Har yili Konstitutsiya kunini nishonlash arafasida siz, azizlar bilan mana shu go‘zal va muhtasham «O‘zbekiston» anjumanlar saroyida uchrashish yaxshi an’anaga aylanib qoldi.

Shu fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23-yillik bayrami bilan sizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni samimiy tabriklash, barchangizga chuqur hurmat va ehtiromimni izhor etishni o‘zim uchun yuksak sharaf, deb bilaman.

23.01.2015

Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi

Hurmatli deputatlar!

Muhtaram senatorlar!

Qadrli do‘stlar!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga bo‘lib o‘tgan saylovda erishgan g‘alabangiz bilan, xalqimiz tomonidan ko‘rsatilgan yuksak ishonch bilan sizlarni tabriklash, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, faoliyatingizda yangi omadlar tilashga ruxsat bergaysiz.

17.01.2015

2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish – ustuvor vazifamizdir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi

05.12.2014

Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi

Qadrli do‘stlar!

Muhtaram yurtdoshlar!

Shu kunlarda Vatanimiz uchun mustaqil, erkin hayot kechirish, uni taraqqiy topgan demokratik davlatlar qatoriga ko‘tarish yo‘lining asosiy prinsip va qoidalarini muhrlab bergan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilganimizning 22-yilligini bayramona nishonlamoqdamiz.

Tariximizda chuqur iz qoldirgan ana shu buyuk sana bilan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan samimiy tabriklash, barcha-barchangizga chuqur hurmat-ehtiromimni izhor etish men uchun katta baxtdir.

18.01.2014

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi Hurmatli majlis ishtirokchilari!

Biz bugun 2013-yilning yakunlari haqida gapirganda, avvalo, o‘tgan yilda mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda mutanosiblikka erishgani, modernizatsiya va diversifikatsiya hisobidan yuqori sur’atlar bilan rivojlanganini qayd etamiz.

Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o‘sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo‘jaligi – 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko‘rsatkichidan past bo‘ldi va 6,8 foizni tashkil etdi.

06.12.2013

Qadrli do‘stlar!

Avvalo, mana shu hashamatli va betakror binoda siz, azizlarim bilan ko‘rishganimdan xursand bo‘lganimni, o‘zimning chuqur hurmatim va mehrimni bildirish – men uchun katta baxt, desam, qalbimda, yuragimda bo‘lgan gapni aytgan bo‘laman.

Bugungi tantanali majlisimizning maqsad-muddaosi – hayotimiz qomusi bo‘lmish Konstitutsiyamizning 21-yilligini nishonlash, Asosiy qonunimiz belgilab bergan yuksak maqsadlarni amalga oshirishda, yurtimizda yangi jamiyat, yangi hayot qurishda erishgan yutuqlarimiz va oldimizda turgan vazifalarni aniqlab olishdan iboratdir.
16.03.2013

Hurmatli Homiylik kengashi a’zolari va majlis qatnashchilari!

Bugungi yig‘ilishimiz kun tartibiga kiritilgan masalalarni ko‘rib chiqishdan oldin mamlakatimizda 2002-yil oktabr oyida O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan tashkil etilgan Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining ish boshlaganiga 10-yil to‘lganini eslatib o‘tishni istardim.

Shu munosabat bilan Jamg‘armaning ana shu o‘tgan davrdagi faoliyati natijalarini qisqacha sarhisob qilsak, ayni muddao bo‘ladi, deb o‘ylayman.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 17.01.2017
Qidirish
Yangiliklar
06.12.2016
© 2008 - 2017 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati