DAVLAT VA JAMIYAT

13 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qildi.

21 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tabrik so‘zi OAVda chop etildi.

9 may. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xotira maydoniga tashrif buyurdi va Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo’ydi. Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushida jonini fido qilgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

31 avgust. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Istiqlolimizning 18 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalarida ishtirok etdi.

1 sentabr. “O’zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag’ishlangan tantanali majlis bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.
Prezidentimiz tantana qatnashchilarini, butun xalqimizni Toshkent shahrining 2200 yillik bayrami bilan qutlar ekan, mustaqillik biz uchun o’zligimizni anglash, huquqiy demokratik davlat, erkin va farovon hayot barpo etish uchun ulkan imkoniyatlar ochib berganini qayd etdi. Milliy davlatchiligimiz tarixida va ijtimoiy-siyosiy hayotimizda poytaxtimiz alohida o’ringa va beqiyos ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbari Islom Karimovning 2009 yil 20 avgustdagi farmoniga binoan, yurtimizda milliy davlatchilikni shakllantirish, mustaqil huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, davlatlararo hamkorlik, xalqlar o’rtasidagi do’stlik munosabatlarini rivojlantirishga qo’shgan katta hissasi, ezgu an’analarni saqlash, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy hayotimizni yuksaltirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan xizmatlari uchun hamda 2200 yillik yubileyi munosabati bilan Toshkent shahri «Mustaqillik» ordeni bilan mukofotlandi.
Prezidentimiz Islom Karimov ushbu yuksak mukofot – “Mustaqillik” ordenini tantanali ravishda topshirdi.

5 dekabr. Oqsaroyda Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirish marosimi bo‘ldi. Mamlakatimiz rahbari Islom Karimov davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.
Shu kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 17 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov yig‘ilishda ma’ruza qildi.
Yurtboshimiz amalga oshirayotgan izchil islohotlar, betimsol bunyodkorlik ishlarimiz asosida, demokratik huquqiy davlat, adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida erishayotgan yutuqlarimiz mohiyatida, ongu shuurimizdagi o‘zgarishlar, turmushimizdagi farovonlik zamirida Bosh qomusimizning qoida va talablari mujassam ekanini alohida ta’kidladi.

27 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 644-saylov uchastkasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Toshkent shahar Kengashiga saylov bo‘yicha ovoz berish uchun tashrif buyurdi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 23.04.2017
Qidirish
© 2008 - 2017 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati