DAVLAT VA JAMIYAT
DAVLAT VA JAMIYAT

ГОСУДАРСТВО И ОБЩЕСТВО

12 yanvar. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis XIII sessiyasida qabul qilingan "Investitsiya faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuni e’lon qilindi va kuchga kiritildi. 

17 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1999 yil 16 fevralda Toshkent shahrida ro‘y bergan fojiali voqealar munosabati bilan, "1999 yil 18 fevralni motam kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. O‘sha fojeali voqealar natijasida 13 kishi halok bo‘lgandi.

 
2 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "9 mayni Xotira va Qadrlash kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 

14-15 aprel. Toshkentda birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ijtimoiy hayotning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, boshqa jihatlarini yanada erkinlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’ruza qildi. 

13 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mustamlakachilik davrida milliy mustaqillik va taraqqiyotga intilgani uchun nohaq hukm qilingan, ta’qib etilgan va jabrlangan vatandoshlar nomini aniqlash, ularning tarjimai holi va faoliyatini o‘rganish, xotirasini abadiylashtirish haqidagi takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish uchun jamoatchilik komissiyasini tashkil etish hamda tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmoyishi e’lon qilindi. 

10 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etishga doir takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 

22 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Vatan va xalq ozodligi uchun jonlarini fido qilgan vatanparvarlar xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi. 

19-20 avgust. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XV sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

11 oktyabr. O‘zbekiston "Vatan taraqqiyoti" partiyasining V s’yezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya Markaziy siyosiy kengashining hisoboti va saylovoldi dasturi muhokama qilindi. Partiya Markaziy siyosiy kengashining raisi A.Tursunov yuqoridagi masalalar yuzasidan ma’ruza qildi. Partiyaning saylovoldi dasturi ma’qullandi. 

S’yezd delegatlari Islom Karimovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod qilib ko‘rsatdilar. Shuningdek, mazkur partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlariga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati tasdiqlandi. 

S’yezdda partiya dasturi va nizomiga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi, Markaziy siyosiy kengash va taftish komissiyasining yangi tarkibi tasdiqlandi. 

11 oktyabr.
"Adolat" sotsial-demokratik partiyasining II s’yezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi. 

Delegatlar Islom Karimovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod qilib ko‘rsatdilar. Shuningdek, mazkur partiyadan respublika Oliy Majlisi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati tasdiqlandi. 

S’yezdda partiya siyosiy kengashining birinchi kotibi T.Daminovning "Adolat" SDP siyosiy kengashi faoliyati va partiyaning saylovoldi dasturi haqidagi hisobati tanglandi. Partiya Siyosiy kengashi va taftish komissiyasining a’zolari ham saylandi. 

12 oktyabr. O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining II s’yezdi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi. Delegatlar Islom Karimovni Prezidentlikka nomzod qilib ko‘rsatdilar. Shuningdek, Oliy Majlis deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati ham tasdiqlandi. 

S’yezdda partiya raisi I.G‘afurovning "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidagi saylov jarayoni haqidagi ma’ruzasi tinglandi, partiyaning saylovoldi dasturi ma’qullandi. Markaziy kengashning yangi tarkibi, partiya emblemasi tasdiqlandi. Partiya dasturining yangi tahriri to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi. 

25 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Abdulhafiz Marahimovich Jalolovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod qilib ro‘yxatga olish haqida 1999 yil 24 noyabrda qabul qilingan qarori e’lon qilindi. 

25 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining "Islom Abdug‘aniyevich Karimovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod qilib ro‘yxatga olish to‘g‘risida"gi Qarori e’lon qilindi.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 23.04.2017
Qidirish
© 2008 - 2017 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati