DAVLAT VA JAMIYAT
DAVLAT VA JAMIYAT

ГОСУДАРСТВО И ОБЩЕСТВО

31 avgust. Toshkentda Respublika Oliy Kengashining Navbatdan tashqari VI sessiyasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Oliy Kengashning respublika davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonoti qabul qilindi. Tegishli qarorga muvofiq O‘zbekiston SSR O‘zbekiston Respublikasi deb qayta nomlandi. 1 sentyabr - Mustaqillik kuni deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi aososlari to‘g‘risidagi Qonun qabul qilindi.

31 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinishi munosabati bilan afv etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

18 noyabr. Oliy Kengashning VIII sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasdiqlandi.

29 dekabr. Respublikaning davlat mustaqilligi masalasi bo‘yicha Referendum va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Xalq bir yo‘lni tanladi: O‘zbekiston mustaqil bo‘ldi. Uning Prezidenti etib Islom Abdug‘aniyevich Karimov saylandi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 17.01.2017
Qidirish
Yangiliklar
06.12.2016
© 2008 - 2017 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati